"Dinamo" nazorat o'yinida "Xorazm"ni mag'lub etdi

Tolibjon Qosimov
8 jan 2025
Yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida "Dinamo" jamoasi Toshkentda dastlabki nazorat bahsini o'tkazdi.

Vadim Abramov murabbiyligidagi samarqandliklar Hakim Fuzaylov murabbiyligidagi "Xorazm"ga qarshi maydonga chiqishdi. Suniy qoplamali maydonda o'tgan bahsda murabbiylar shtabi asosan yoshlardan iborat tarkibni sinovdan o'tkazishdi. Uchrashuvda Mirjahon Mirahmadovning yagona goli "Dinamo"ga g'alaba keltirdi – 1:0.

Navbatdagi nazorat uchrashuvi 13 yanvar kuni "Bunyodkor"ga qarshi bo'lib o'tadi.

Nazorat uchrashuvi. 8 yanvar

"Dinamo" - "Xorazm" 1:0

Gol: Mirjahon Mirahmadov 42 pen.


Tolibjon QosimovMaqola muallifi
Muqova: "Динамо" матбуот хизмати

Izohlar

Жамшид Jamshid
8 jan
Хоразм дарвозабонларидан кутилиши керак
Davron Даврон Атаев Ataev
8 jan
Пеналти булган буса унда хоразм яхши уйнаганми ёки динамо уйнай олмаганми нима бугандаям хоразм жамоамиз суперга чиксин
David Terezege
9 jan
Zborda xamma chempion