"Dinamo" taqdimot marosimi o'tkazdi

Alisher
12 mar 2025
11 mart seshanba kuni "Dinamo" PFK jamoasining taqdimot marosimi o'tkazildi.

"Samarqand shahridagi Yoshlar markazi katta zalida o'tkazilgan marosimda jamoadan tashqari, klub rahbariyati, viloyat hokimligi, muxlislar hamda OAV vakillari ishtirok etdi. Marosim davomida klub matbuot xizmati tomonidan "Dinamo"ning eng muhim gollari yodga olinib, har bir futbolchi o'ziga xos tarzda tanishtirildi. Etiborlisi, tanishtiruv marosimiga Samarqand viloyati hokimi, viloyat futbol associaciyasi prezidenti Adiz Boboev ham vaqt topib, kechroq bo'lsa-da, etib kelganini butun zal qarsaklar bilan qarshi oldi. Ungacha futbolchilarga yangi liboslarni Samarqand viloyati hokimi o'rinbosari Husan To'xtaev va bosh murabbiy Vadim Abramov muxlislarning olqishlari ostida topshirishdi.

"Dinamo" jamoamizni birgalikda qo'llab-quvvatlaymiz! Viloyat ahli va barcha samarqandlik futbol muxlislarining "Dinamo"dan umidi katta. Viloyat hokimligi tomonidan qandaydir yordam kerak bo'lsa, biz tayyormiz. Stadionimiz barcha talablarga javob beradi, mablag' masalasida ham jamoada muammo yo'q. 2025 yilgi mavsum "Dinamo" uchun muvaffaqiyatli bo'lsin. Jamoamizga omad va zafarlar tilaymiz!", - dedi viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Muzaffarovich. 

Shundan so'ng, Vadim Abramov jamoa nomidan Adiz Boboevga 72-raqamli klub libosini sovg'a qildi. Tadbirda klub bosh homiysi "Agromir Buildings"ga viloyat hokimligi va jamoa nomidan minnatdorchilik bildirildi. Faxriy muxlislar nomidan Hamroqul Rofeev, ashaddiy ishqibozlar nomidan fan-klub rahbari Shavkat Burhonov so'zga chiqib, bu yil "Dinamo"ni o'zgacha tarzda qo'llab-quvvatlash maqsad qilinganini aytib, muxlislar nomidan viloyat rahbariga minnatdorchilik bildirdi. Marosim yakunida barcha muxlislar 15 mart kungi "Dinamo" - Mashal o'yiniga taklif etildi", - deyiladi klub xabarida.



AlisherMaqola muallifi
Qopqoq: "Динамо" матбуот хизмати

Izohlar

Жамшид Jamshid
12 mar
Хокиларимизга кийинда вакт топишлари кийин егилиш килургандан. Шу егилишни фойдаси булганда хозир америка хавас киларди бизга.
Y@Go_6060
12 mar
Динамо давай давай
Y@Go_6060
12 mar
Динамо давай давай