"Dinamo" va "Paxtakor" futbolchilari terma jamoadan chaqiruv olishdi

Narzulla Saydullayev
24 may 2024
Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi bosh murabbiyi Shtefan Tarkovich JCH-2026 va Osiyo kubogi-2027 qo'shma saralash bosqichi doirasidagi navbatdagi o'yinlarga chaqirilgan futbolchilar nomini elon qildi.

Kengaytirilgan ro'yxatda "Dinamo" hujumchisi Joel Kojo va "Paxtakor" vakili Kimi Merk ham bor.

Qirg'iz Respublikasi 6 iyun kuni o'z maydonida Malayziyani qabul qiladi, 11 iyunda esa O'mon mehmoni bo'ladi.

30 nafar futbolchi 27 may-4 iyun oralig'ida Jalolobod shahridagi yig'inda ishtirok etadi. Bo'lajak o'yinlar uchun yakuniy qaydnomadan 23 nafar futbolchi joy oladi.

Qirg'iz Respublikasining yig'iniga chaqirilgan futbolchilar ro'yxati:

Darvozabonlar:
Tokotaev Erjan (Shanliurfaspor, Turkiya), Islamkulov Marsel (Abdish-Ata), Pryadkin Artem (Dordoy).

Himoyachilar: Kichin Valeriy (Enisey, Rossiya), Kozubaev Tamirlan (Istern, Gonkong), Jirgalbek uulu Qayrat, Shamurzaev Amantur, Brauzman Xristiyan (hammasi – Abdish-Ata), Bekberdinov Arslan, Daciev Said, Mishchenko Aleksandr (hammasi – Dordoy), Kidirshaev Emir-Xan (Xuvenil, Ispaniya).

Yarim himoyachilar: Abdurahmonov Odiljon (Neftchi), Shukurov Alimardon (Torpedo, Belarus), Zaripbekov Eldiyar (Chayka, Rossiya), Amangeldiev Bektur (Nagavord, Kambodja), Kadirjanov Adil, Ahmedov Murolimjon (ikkisi - Dordoy), Kenjebaev Ermek (Slaviya Mozir, Belarus), Merk Kimi (Paxtakor, O'zbekiston), Stalbekov Nurdoolot (Alay), Almazbekov Beknaz (Galatasaroy, Turkiya), Japarov Amir (Muras Yunayted), Atabaev Erbol (Volgar, Rossiya), Alikulov Guljigit (Neman, Belarus), Kanibekov Adilet (Perak, Malayziya), Jumashev Atay, Uzdenov Magamed (ikkisi – Abdish-Ata).

Hujumchilar: Merk Kay (Union Titus Petanj, Lyuksemburg), Batirkanov Ernist (Abdish-Ata), Joel Kojo (Dinamo, O'zbekiston), Baktibekov Nurbol va Murzaxmatov Marlen (ikkisi - Dordoy).



Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Qopqoq: championat.asia

Izohlar

tima86
25 may 2024
Антон Землянухин бор эди Киргизларда, яхши уйинчи эди. Ёши утган шекилли, 1989. Виталий Люкс хам куринмай кетди
Нуну 7
24 may 2024
Қирғизлар хам жуда тез ривожланаяти
Valverde Fede
24 may 2024
Dinamodigi hujumchi zo'r chin dildan o'ynedi
Улугбек
25 may 2024
Кожо Қирғизларда ўйнайдими, ман уни Африкалик деб ўйлабман.
Murodjon Muhtorov
24 may 2024
O'zbekiston terma jamoasi debman. O'sha Dinamodagi Hojimirzaevni ham termaga chaqirib ko'rish kerak.Erkin o'ynedikan