"Dinamo" yaponiyalik futbolchi transferini e'lon qildi

Sherzod Nurmatov
28 fev 2023
"Dinamo" jamoasi Pro liga yangi mavsumi oldidan o'z safiga yangi o'yinchilarni qo'shib olishda davom etmoqda.

Toshkentdagi yig'in davomida "Dinamo" safida faol harakat qilib, murabbiylar ishonchini qozongan yaponiyalik himoyachi Koike Yudai Samarqand klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

Yaponiyada "Kanagava Yuniversiti" jamoasi sharafini himoya qilgan Koike 2018-2020 yillar davomida Litvaning "Daynava", "Kupishkis" va "Jyugas" klublarida o'ynagan. 27 yoshli chap qanot himoyachisi joriy mavsum "Dinamo" libosida o'ynaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати