Doniyor Usmonov yangi mavsumni ham "Qo'qon-1912"da o'tkazishi mumkin

Nadirkhuja Yuldashev
17 noya 2014
"Qo'qon-1912"ning oliy ligaga chiqishiga munosib ulush qo'shgan hujumchi Doniyor Usmonov jamoadagi faoliyatini davom ettirishi mumkin.

Huquqiy jihatdan "Lokomotiv"ga tegishli bo'lgan futbolchining transfer masalasi yuzasidan qo'qonliklar "temiryo'lchilar" bilan muzokarani boshlab yuborishgan. Birinchi liganing ikkinchi bosqichidan boshlab "Qo'qon-1912" jamoasi sharafini himoya qila boshlagan hujumchi 16ta gol urib jamoa to'purari bo'ldi.


Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia