Dragan Cheran: "Ikkinchi bo'limda erkinroq o'ynadik"

Tolibjon Qosimov
17 fev 2020
OCHL ikkinchi turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "Shahr Xodro" (3:0) uchrashuvida mezbonlar g'alabani tantana qilishdi.

Foto Sergeevdan golli, Masharipovdan pasli dubl. "Paxtakor" forslarni er tishlatgan o'yindan GALEREYA

Video "Tezkor studiya" "Paxtakor" stadionida mehmonda

Biz esa bahsdan so'ng maydonda faol harakatlari bilan ajralib turgan Dragan Cheranning o'yin haqidagi fikrlari bilan qiziqdik.

"Yaxshi o'yin bo'ldi. Stadionga tashrif buyurgan ishqibozlar qiziqarli o'yin guvohi bo'lishdi. Birinchi bo'limda vaziyatlardan foydalana olmadik. Shuning uchun gol urishimiz biroz qiyin bo'ldi. Biz uyda to'p tepishimizni inobatga oladigan bo'lsak, hamma g'alaba kutardi. Albatta, ikkinchi bo'limda erkinroq o'ynadik, yuzaga kelgan vaziyatlardan unumli foydalandik va uchta to'p kiritdik. Tanaffus paytida kiyinish xonasida gaplashib oldik va murabbiydan tegishli ko'rsatmalarni oldik. G'alaba bilan muxlislarni tabriklayman", - dedi Dragan.



Abdulaziz Iskandarov yozib oldi


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia