YCHL. PSJ "Chelsi"ni yirik hisobda mag'lub etdi, "Budu Glimt" esa "Sporting" darvozasiga javobsiz 3 ta gol urdi

Alisher Ostonov
12 mar 2026
Birozdan so'ng YCHL 1/8 final doirasidagi PSJ - "Chelsi" va "Budu Glimt" - "Sporting" o'yinlari boshlanadi.

Uchrashuvda hisobni mezbonlar hujumchisi Bredli Barkolya 10-daqiqada ochdi. 28-daqiqada londonliklar himoyachisi Malo Gyusto hisobni tenglashtirdi. 40-daqiqada hujumchi Usmon Dembele parijliklarni oldinga olib chiqdi. Uchrashuvning 58-daqiqasida "Chelsi" yarim himoyachisi Enso Fernandes muvozanatni tikladi. 74-daqiqada Vitinya parijliklarning uchinchi golini urdi. 86-daqiqada PSJ vingeri Xvicha Kvaratsxeliya o'z hisobiga gol yozdirib qo'ygan bo'lsa, 90+4-daqiqada gruziyalik futbolchi dublga erishdi.

"Chelsi" va PSJ o'rtasidagi ikkinchi uchrashuv 17 mart kuni bo'lib o'tadi. O'yin Londondagi "Stemford Brij" stadionida bo'lib o'tadi.







32-daqiqada yarim himoyachi Sondra Brunstad penaltidan gol urib, norvegiyaliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 45+1-daqiqada hujumchi Ole-Didrik Blomberg jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi. 71-daqiqada "Budu-Glimt" forvardi Kasper Xyog o'yindagi uchinchi golni urdi.

"Sporting" va "Budu-Glimt" jamoalari o'rtasidagi javob uchrashuvi 17 mart, seshanba kuni bo'lib o'tadi.





Alisher OstonovMuallif
Manba: championat.asia

O'xshash yangiliklar