YCHL. Siti - SSKA. Rossiya klubi 19 yildan so'ng Angliyada g'alaba qozondi

Narzulla Saydullayev
6 noya 2014
SSKA YCHL 4-turida Manchester Siti (2:1) ustidan g'alaba qozondi.
Shunday qilib, Rossiya klubi ushbu musobaqada 19 yillik tanaffusdan so'ng Angliya klubini safarda mag'lub etdi, deb xabar bermoqda Opta nashri.

Rus klubi so'nggi bor 1995 yilning sentyabr oyida Angliyada g'alabaga erishgandi. O'shanda Spartak safarda Blekbernni (1:0) taslim qilgandi.

Shundan so'ng Rossiya klublari 8 marta Angliyaga safar qilib, ikki bor durang qayd etgan va 6 marta mag'lubiyatga uchragan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru