YCHLda hafta futbolchisi aniqlandi

Sherzod Nurmatov
2 may 2025
"Inter" himoyachisi Dyumfris Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

"Inter"ning o'ng qanot himoyachisi Denzel Dyumfris Chempionlar Ligasida haftaning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi, deb xabar berdi UEFA matbuot xizmati.

Eslatib o'tamiz, 30 aprel, chorshanba kuni milanliklar Yevropa Chempionlar Ligasi 1/2 finalining birinchi o'yinida "Barselona" bilan mehmonda 3:3 hisobida durang o'ynadi. 

29 yoshli niderlandiyalik futbolchi 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Shu tariqa Dyumfris sovrin uchun yana bir davogar, "Arsenal"ga qarshi safarda g'alabali o'yinda (1:0) ishtirok etgan PSJ yarim himoyachisi Vitinyani ortda qoldirdi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: uefa.com