YCHLda hafta futbolchisi ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
12 dek 2024
"Arsenal" futbolchisi Bukayo Saka YCHLda hafta futbolchisi deb topildi.

Londonliklar vingeri YCHLning 6-turi doirasida "Monako"ga qarshi o'yinda dubl qayd etdi va bir golga hammuallif bo'ldi.

Ovoz berish jarayonida "Slovan"ga qarshi o'yinda ikkita gol urgan "Atletiko" futbolchisi Antuan Grizmann, PSV bilan uchrashuvda darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan Marko Bizota hamda "Shaxtyor"ga qarshi o'yinda 2+1 qayd etgan "Bavariya" yetakchisi Maykl Olise nomzodlari ham bor edi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: uefa.com