YCHLda hafta futbolchisi ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
6 mar 2025
Alisson YCHLda hafta futbolchisi sifatida e'lon qilindi.

"Liverpul" posboni PSJga qarshi kechgan 1/8 finalning ilk o'yinida darvozasi dahlsizligini saqlab qoldi va 9ta seyv amalga oshirdi.

Ikkinchi o'rinda "Atletiko" darvozasini ishg'ol qilgan "Real" vingeri Rodrigo qayd etildi.

Kuchli uchlikni "Bayer" bilan uchrashuvda dublga erishgan "Bavariya" forvardi Xarri Keyn yakunlab berdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/ChampionsLeague