YCHLda hafta futbolchisi ma'lum qilindi

Mirjalol Normatov
13 mar 2025
UEFA matbuot xizmati YCHLning ushbu haftadagi eng yaxshi futbolchisini aniqladi.

Unga ko'ra, "Liverpul"ga qarshi o'yinda ikkita penalti qaytargan PSJ posboni Janluijji Donnarumma ushbu etirofga loyiq ko'rildi. "Liverpul" - PSJ uchrashuvida parijliklar penaltilar seriyasida 4:1 hisobida g'alabaga erishib, chorak finalga yo'llanma oldi.

Shuningdek, so'rovnomada "Borussiya" D yarim himoyachisi Emre Jan, "Aston Villa" hujumchisi Marko Asensio hamda "Bavariya" to'purari Xarri Keyn nomzodi ham bor edi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: x.com/ChampionsLeague