Edegor Norvegiya terma jamoasi uchun komik yolladi

Sherzod Nurmatov
17 iyun 2023
Norvegiya terma jamoasi yarim himoyachisi Martin Edegor terma jamoasi Evro-2024 saralashi doirasidashi Shotlandiyaga qarshi o'yinga tayyorgarlik ko'rish uchun qiziqchi Den Berge Akeroni jalb qildi.

"Kecha Martin nima qildi. U xodimlar va o'yinchilar bilan viktorinani boshladi, keyin Den Berge Akero eshikdan kirib kelib, bir nechta savol berdi. Bu juda qiziqarli bo'ldi", – dedi Norvegiya bosh murabbiyi Stole Solbakken.

Norvegiya – Shotlandiya o'yini 17 iyun, shanba kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da boshlanadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: vg.no