El-Shaaravining testi natijasida adashishgan

Mirjalol Normatov
14 okt 2020
Italiya termasi forvardi Stefan El-Shaaravi koronavirusga chalinmagan.

Uning topshirgan qayta testida manfiy natija kuzatilgan.

"Yaxshi yangilik. Shifokorlar futbolchida koronavirus borligini inkor qilishdi. Birinchi test natijasi biroz aldamchi bo'lib chiqdi", - deb yozadi Skira.

El-Shaaravi ushbu mavsumda Xitoy chempionatida 6 o'yinda qatnashib, 1 golga assistentlik qildi. Bugun italiyaliklar Niderlandiya termasiga qarshi bahs olib boradi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal