“Elche”ni Ispaniya 3-divizionidan La Ligaga olib chiqqan murabbiy kutilmaganda iste'foga chiqdi

Eldor Akmurzayev
25 avg 2020
Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

Xose Roxo Martin 2018 yilning fevralida jamoani qabul qilib olgandi. Murabbiy qo'l ostida “Elche” uchinchi diviziondan Segundaga ko'tarildi.

Joriy mavsumni esa “Elche” 6-o'rinda yakunladi va La Ligaga chiqish uchun o'tkazilgan pley-off bahsida g'alabaga erishib, yuqori elitaga qaytdi.

Klub qilgan xizmatlari uchun 52 yoshli ispaniyalik mutaxassisga minnatdorchilik bildirgan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/elchecf