Eldor Shomurodov "Roma"ning Portugaliyadagi yig'iniga yetib bordi

Alisher
2 avg 2021
Tez orada "Roma"ning yangi o'yinchisiga aylanadigan o'zbekistonlik Eldor Shomurodov "bo'rilar"ning Portugaliyadagi yig'iniga yetib bordi.

Eldor Shomurodov bunga qadar "Roma" uchun tibbiy ko'rikdan o'tgan, u tez orada klubning yangi o'yinchisi sifatida tanishtiriladi va jamoa mashg'ulotlariga kirishadi.

Hamyurtimizdan tashqari Brian Kristante ham jamoaning yig'iniga endi yetib bordi. Sababi futbolchi Italiya terma jamoasi bilan Evro-2020da qatnashdi va shundan so'ng tatilga yo'l olgan edi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia