Elit Chempionlar ligasi. Odil Hamrobekov va "Traktor" Elit OCHLni tark etdi

Aslanov Jasurbek
14 apr 2026
Osiyo Elit Chempionlar ligasining nimchorak final bosqichi doirasida BAAning "Shabab Al-Ahli" jamoasi neytral maydonda Eronning "Traktor" klubini qabul qildi.

Uchrashuv mehmonlarning (nominal mezbon) 3:0 hisobidagi ishonchli g'alabasi bilan yakunlandi. O'zbekiston terma jamoasi futbolchisi Odil Hamrobekov o'yinni “Traktor” asosiy tarkibida boshladi va bahsda to'liq ishtirok etdi.

"Traktor" (Eron) - "Shabab Al-Ahli" (BAA) 0:3

Gollar: Yuriy Sezar 65-pen (0:1), Said Ezatolahi 80 (0:2), Mateusao 90+8 (0:3).

Uchrashuvning 52-daqiqasida "Traktor" darvozaboni Alirizo Beyranvand maydondan chetlatildi. Shundan so'ng ustunlikni to'liq qo'lga olgan "Shabab Al-Ahli" raqib darvozasiga uchta gol urib, chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia