Elit OCHL. "Al Ittihod" – "Nasaf" o'yini boshqa stadionda o'tkaziladi

Оқил Абдубарноев
22 dek 2025
Elit OCHL 6-turidan o'rin olgan "Al Ittihod" – "Nasaf" uchrashuvi o'tkaziladigan stadion o'zgardi.

Saudiya Arabistonining "Al Ittihod" klubi rasmiy bayonotida O'zbekistonning "Nasaf" jamoasiga qarshi o'tkaziladigan uchrashuv o'yni o'tkaziladigan stadion o'zgartirilganini ma'lum qildi. Jidda shahridagi shahzoda "Abdulloh al-Faysal" nomidagi stadionida bo'lishi rejalashtirilgan bahs endilikda shu shaharda joylashgan "Qirol Abdulloh Al-Inmaa" stadionida o'tkaziladi.

"Yo'lbarslar"ning "Nasaf"ga qarshi guruh bosqichi doirasidagi bellashuvi 23 dekabr kuni soat 23:15  da start oladi.

Ayni paytda "Al Ittihod" jamoasi Elit Osiyo Chempionlar ligasi jadvalida 6 ochko bilan 8-o'rinni egallab turibdi. "Nasaf" esa hozircha ochko jamg'armagan holda guruh jadvalining quyi pog'onasidan joy olgan.

Ma'lumot uchun, "Al Ittihod" klubi mahalliy musobaqalardagi tanaffus paytida BAAning Dubay shahrida o'quv-mashg'ulot yig'ini o'tkazdi. Yig'in davomida jamoa ikki o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazib, birinchi bahsda "Palm Siti"ni 6:0 hisobida, ikkinchisida esa "Galf Yunayted"ni 5:0 hisobida mag'lub etdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Ал Иттиҳод матбуот хизмати