Elkeson Xitoy terma jamoasida o'ynaydi, endi u legioner emas

Narzulla Saydullayev
25 may 2019
"Shanxay SIPG" klubining braziliyalik hujumchisi Elkeson Xitoy terma jamoasidan chaqiruv oldi.

Ushbu futbolchi 5 yildan buyon Xitoyda yashamoqda va Xitoy fuqarosiga aylanishi huquqiga ega. Marchello Lippi iyun oyidagi FIFA kunlari uchun terma jamoaga Elkesonni chaqirdi.

Xitoy safida maydonga tushganidan so'ng Elkeson "Shanxay SIPG" safida legioner hisoblanmaydi. Xitoy Superligasida o'yin qaydnomasidan faqat 3 nafar legioner joy olishi mumkin.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia