Emiliano Salaning ikki yaqin insoni vafot etdi

Eldor Akmurzayev
26 apr 2019
Shu yilning 21-yanvar sanasida Nant shahridan Kardiffga uchgan argentinalik hujumchi Emiliano Sala aviahalokat tufayli 28 yoshida vafot etadi.

U 29 yanvar kuni Kardiff safida Arsenalga qarshi o'ynashi kerak edi. Salaning transferi Kardiff uchun rekord summaga aylangan.

Argentinalik futbolchi Uels klubi bilan kelishuvga erishib, Nantdagi sobiq jamoadoshlari bilan xayrlashish maqsadida Franciyaga kelgan va shu bilan samolyotda uchuvchi bilan ortga qaytgan. Biroq, manzilga etib bora olmagan.

Bugun erta tongda Salaning otasi Orasio Sala yurak xuruji natijasida 58 yoshida olamdan ko'z yumgani malum bo'ldi.

Shuningdek, futbolchining eng yaqin do'sti Sebastyan Rabellino o'tgan haftada avtohalokat tufayli 24 yoshida halok bo'lgani ham aniqlandi. U mahalliy "San-Martin-de-Progreso" klubi safida faoliyat olib borar edi.


Eldor AkmurzayevMaqola muallifi
Qopqoq: Sky Sports

Izohlar

Yuventus vs Lester city
29 apr 2019
Xammalarini olloh joylarini jannatdanato etgan bolsin
Харезм
26 apr 2019
Фарзанд догидан худо асрасин деб бежизга айтилмайди
Quddusbek
26 apr 2019
hech bir kimsani boshiga bunday og'ir musibat tushmasin afsus ota ko'tara olmabdi yaqinlariga sabr tilaymiz ayniqsa Salaning onasiga juda qiyin bo'ldi
ßáßúŕ Míŕźá ☆ßáýéŕń☆Ľívéŕpøøľ☆
26 apr 2019
Фарзандни сунгги манзилга узатиш хеч бир ота-онанинг бошига солмасин
GhostAngel
26 apr 2019
Эм... Мафия...