"Energetik-BGU" 16 yil deganda BATEdan ustun keldi. Yaxshiboevga esa maxsus sovg'a topshirildi

Eldor Akmurzayev
19 mar 2020
Xabaringiz bor, bugun Belarus chempionatining yangi mavsumi start oldi.

1-turning ilk bahsi esa Minskning "Energetik-BGU" hamda mamlakatning ko'p karra chempioni BATE o'rtasida (3:1) o'tkazildi. Mezbonlar safida ilk rasmiy o'yinda maydonga tushgan Jasurbek Yaxshiboev bir-biridan chiroyli gollar urib, jamoasining g'alabasiga katta hissa qo'shdi.

Uchrashuvdan keyin esa Jasur o'yinning eng yaxshi futbolchisi sifatida maxsus sovg'aga ega bo'ldi.

Shuni alohida qayd etish kerakki, "Energetik-BGU" so'nggi bor BATE ustidan 2004 yil (3:2 hisobida) zafar quchgandi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia