Enrike Dembeleni qaydnomadan chiqarib yubordi. U "Arsenal" bilan o'yinda qatnashmaydi

Sherzod Nurmatov
30 sep 2024
Vinger Usmon Dembele PSJning "Arsenal"ga qarshi Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi o'yinida ishtirok etolmaydi.

Bu haqda Goal.com xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, bu qaror tashabbuskori parijliklar bosh murabbiyi Luis Enrikedir. Qayd etilishicha, Liga 1 doirasidagi "Renn"ga qarshi o'yindan so'ng Dembele va murabbiy o'rtasida ziddiyat yuzaga kelgan. Shu tufayli Enrike Usmonni bo'lajak uchrashuvga jalb qilmaslikka qaror qilgan.



"Arsenal" – PSJ uchrashuvi ertaga, 1 oktyabr kuni Londondagi stadionda bo'lib o'tadi.

Dembele joriy mavsum barcha turnirlarda 7 o'yin o'tkazib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Muqova: Goal.com

Izohlar

Abdullo Rahimov
30 sep 2024
Dortmundiyam,bsrsaniyam norozi qip ketkan
Shokhrukh Kodirov
30 sep 2024
Яна бошланди. Айрим футболчилар зур уйнашади. Лекин хулки чаток. Арсенал кучли ракиб. ПСЖ учун бу йукотиш. Ома Арсенал шанба куни Лестер билан куп куч сарфлаворди. ПСЖ Ренни жума куни ютди. Физика парижликлар томонида. Уйинни оберишармикин?
Pedri_16
30 sep 2024
tógri qibdi Enrike dembele tuzini yeb tuzligiga tupuradigan bola