Erjan Tokotaev qachon safga qaytishi ma'lum

Khoja
24 noya 2025
"Andijon" darvozaboni Erjan Tokotaevning jarohati jiddiy bo'lib chiqdi.

Qirg'iz Respublikasining asosiy darvozaboni 2-3 oy jarohatini davolaydi va fevral oyiga kelib, maydonga qaytishi mumkin. Bu haqda TM News nashri xabar bermoqda.

Eslatib o'tamiz, Superliganing 28-turidan o'rin olgan “Qizilqum” - “Andijon” uchrashuvining 17-daqiqasida jamoamizning qirg'izistonlik darvozaboni Erjan Tokotaev oyog'idan olgan jarohati tufayli majburiy ravishda o'zgartirilgandi. 

Darvozabon "Andijon" safida jami 26 ta uchrashuvda maydonga tushib, 6 ta bahsda o'z darvozasidan gol o'tkazib yubormadi. Shuningdek, darvozabon ushbu bahslarda jami 22 ta gol o'tkazib yuborgan.


KhojaMuallif
Manba: TM News