Ermatov O'zbekiston U-15 termasi bilan uchrashdi

Eldor Akmurzayev
9 may 2022
Xabaringiz bor, shu kunlarda O'zbekiston U-15 terma jamoasi Zayniddin Tojiev boshchiligida Toshkentda yig'in o'tkazdi.

Jamoa oldida bir qator muhim turnirlar kutib turibdi. Xususan, vakillarimiz Xorvatiyada bo'lib o'tadigan "Vlatko Markovich" U-15 xalqaro musobaqasida ishtirok etadi.

Kecha O'FA birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov ushbu musobaqa oldidan tayyorgarlik rejalari bilan tanishish, murabbiylar shtabi va futbolchilar bilan suhbatlashish maqsadida terma jamoa bazasiga tashrif buyurdi. Uchrashuvda O'FA tomonidan futbolchilarimizning oldinda turgan turnirlarga sifatli va tizimli tayyorgarlik ko'rishlari uchun barcha sharoitlar yaratib berilishi malum qilindi.

Ravshan Ermatov futbolchilar bilan suhbatda har bitta mashg'ulotlarga astoydil kirishish, turnirlarga jiddiy tayyorgarlik ko'rish, buning uchun har kuni o'z ustida ishlash zarurligini takidlab, terma jamoa azosi bo'lish har bir futbolchi uchun sharaf ekanligiga etibor qaratdi. Bu borada hozirdanoq professionalizm, intilish va mehnatsevarlikni o'zida mujassam qilib borish kerakligini aytdi.

Zayniddin Tojiev boshchiligidagi murabbiylar shtabi bilan jamoaning ayni paytdagi holati va imkoniyatlari xususida suhbatlashildi. Har kunlik tayyorgarlikka zamonaviy yondashish, yangi texnologiyalarni jalb etish, sport tibbiyoti, farmakologiya, vitaminizaciya va tiklanish jarayoniga jiddiy etibor qaratish zarurligi takidlandi.

Eslatib o'tamiz, "Vlatko Markovich" xalqaro turnirida umumiy hisobda 8 ta - Xorvatiya, O'zbekiston, Irlandiya, Bosniya va Gercegovina, Uels, Bolgariya, Chernogoriya, Shimoliy Makedoniya terma jamoasi ishtirok etadi. Vakillarimiz “A” guruhidan joy olgan bo'lib, guruhda Xorvatiya, Irlandiya va Chernogoriya terma jamoalariga qarshi to'p surishadi.

Jamoamizning dastlabki o'yini 11 may kuni mezbon Xorvatiyaga qarshi o'tkaziladi.


Eldor AkmurzayevMaqola muallifi
Qopqoq: ЎФА матбуот хизмати

Izohlar

Ogabek2019
9 may 2022
Bundan keyin faqat U-15,16,17 hammasiga Odil junior bollari uynaydi,3 toifada ham Nasafdan bitta ham bola jalb qilinmagan,mana haqiqat va shaffoflik
Мирзаев А.
9 may 2022
Тўғриси Эрматов ЎФАга еелганда ҳамма ўзгаришлар, ислоҳатлар бўлишини кутишганди, Равшан Сайфитддинович ҳам ҳамма қатори янгиликлар, ислоҳатлар қила олмайдиган рахбар бўлим чиқди, эски тоз эски ҳаммомни давом эттиришда давом этмоқда энди ёнига Одил ҳам келиб қўшилди, ўзгариш қилиш учун савия етишмийди ёки оқимга қарши сузишни, ўзи янги тизим яратишга имкон беришмаяпти, унда Равшан тинчгина ҳакамлигини қилиб, яқин 100 йил ичида Ўзбекистон фахри бўлиб қолгани яхши эмасмиди. Равшан Эрматов ва Одил Аҳмедов, олдингилардан фарқингиз бўлмаса тинчгина ҳакамлик ва мураббийликни қилиб юринглар, мисқоллаб йиғган ҳурмат ва эҳтиромни йўқ қилманглар. Хафа бўлиш йўқ.
Азим Исмаилов
9 may 2022
Хаммаси европа экан( осие эмас) бу яхши холат ва харакат килиб гурухдан чикиш керак...
Мухлис
9 may 2022
Омад еш термамизга
Faqat Rosti
9 may 2022
Bu odam xaliyam ufadami ketmadimi kelib biror ozgarish qilinmadi kormadik foydasiz kadr bolib chiqdi aksincha ortga ketyapdi