Eron chempionati. Yaxshiboev va Yusupov jamoalari durang o'ynadi

Khoja
2 may 2025
Eron chempionatining 28-tur bahslari davom etmoqda.

Jasur Yaxshiboev harakat qiladigan Nassadji jamoasi Xavadar jamoasini mehmon qildi va 0:0 hisobidagi durang natijasini qayd etdi.

Uchrashuvda Jasur Yaxshiboev asosiy tarkibda maydonga tushdi va 64-daqiqada zaxiraga olindi.

O'zbekiston MTJ asosiy darvozaboni O'tkir Yusupovning jamoasi esa ushbu turda Shams jamoasini mehmon qiladi. Bahs 1:1 hisobida yakunlandi.

Yusupov uchrashuvda 90 daqiqa harakat qildi va sariq kartochka ishlab oldi.


Eron chempionatining turnir jadvali bilan tanishing


KhojaMuallif
Manba: championat.asia