Eron – O'zbekiston uchrashuviga o'monlik hakamlar tayinlandi

Sherzod Nurmatov
24 feb 2025
Milliy jamoa mart oyida 2026 yilgi Jahon chempionati 3-saralash bosqichi doirasida Qirg'iz Respublikasi va Eron terma jamoalariga qarshi o'yin o'tkazishidan xabaringiz bor.

Avvalroq O'zbekiston – Qirg'iz Respublikasi uchrashuvini yaponiyalik Yusuke Araki boshqarib borishi, nga qanotlarda hamyurtlari Yun Mihara va Kota Vatanabe yordam berishi malum bo'lgan edi. Aniqlik kiritilishicha, 4-rasmiy hakam sifatida Ryo Tanimoto, VAR'da esa Yumpei Lida ishlaydi.

O'FA matbuot xizmati xabariga ko'ra, Eron – O'zbekiston uchrashuvi o'monlik hakamlar brigadasiga ishonib topshirilgan. Bosh hakam – Ahmad Abu Bakar Al Kaf, unga qanotlarda Abu Bakar Al Amri va Rashid Hamid Al Gaiti yordam beradi. 4-rasmiy hakam Qosim Matar Al Hatmi, VAR hakami esa singapurlik Muhammad Taqi bin Jahari.


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: ЎФА матбуот хизмати

Izohlar

Elyor Hasanov
24 feb
Мен ўрмонлик хам деб ўқибман.Бехазил. Кейин қарасам ўммон экан.
Абдугаффор . N
24 feb
Уммон барибир Уммонде.
Inson
24 feb
Каерлик булса хам таникли ва машхур сайтда ишлайдиган журналист давлатлар номи бош харф билан ёзилишини билмайдими?
Jakhongir
24 feb
Omonlik hakam yaxshi hakam
Aliakbar RM
24 feb
Ko'p o'ynchilar zo'r fo'rmada hozi yutsh kere yarim hmoya markaz avallari eng kuchli chiziq bo'lardi hozir eng pas bo'sa kere shu markazdi egallab bershsa osyo luboy termani yuta oladigan