Ertaga klublar o'rtasidagi JCH formati o'zgarishi mumkin

Aslanov Jasurbek
14 mar 2019
FIFA kengashi juma, 15 mart kuni klublar o'rtasidagi jahon chempionatining yangi formatini tasdiqlashi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, yangi formatdagi turnir 2021 yilning 17 iyunidan 4 iyuligacha o'tishi rejalashtirilgan. Musobaqa Konfederatsiyalar Kubogi o'rnini egallaydi.

Oldinroq, olti konfederatsiyalarning beshtasi turnirning kengaytirilgan formatini tasdiqlashi e'lon qilingan edi. Ayni damda UEFA bunga rozi emas.

Klublar o'rtasidagi jahon chempionatining yangi formati bo'yicha ishtirokchilar soni 24taga yetishi mumkin. Birinchi turnirda Yevropadan 8ta, Janubiy Amerikadan 6ta, Afrika, Osiyo va KONKAKAFdan 3tadan klub ishtirok etishi rejalashtirilmoqda. Okeaniya vakili sifatida bitta klub turnirda qatnashadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AP News