

"Professional futbolchilik faoliyatim bilan xayrlashyapman. Tan olishim kerak, futbol o'ynashni davom ettirmoqchi hamda butsalarimni keyinroq mixga ilmoqchi edim, ammo hammasi men o'ylaganimdan boshqacha bo'lib chiqdi", - deb yozadi 34 yoshli futbolchi.
Eslatib o'tamiz, argentinalik futbolchining so'nggi klubi Ispaniyaning "Valensiya" jamoasi hisoblanadi. So'nggi uch yil ichida turli jarohatlar futbolchini o'z darajasida harakat qilishiga to'sqinlik qildi.



