Eshitdik-da! 2022 yilning eng yaxshi pleymeykeri "Buxoro"da

Bu haqda championat.asia jurnalisti Faxriddin Ro'ziev xabar bermoqda.

"Buxoro" o'z tarkibini Superliga o'tgan mavsumining eng yaxshi assistenti bilan kuchaytirdi. Aleksandar Stanislavlevich bilan shartnoma bir necha soat oldin Turkiyaning Antalya shahrida imzolangan.

Ma'lumot uchun, 2022 yilgi mavsumni "Qizilqum" tarkibida o'tkazgan 33 yoshli serb 24ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga 6 gol, 12ta golli uzatma yozdirib qo'ygan edi. 


Manba: championat.asia