

U joriy mavsumning birinchi davrasini "Olmaliq"da o'tkazdi va o'rtacha o'yin ko'rsatdi. Birinchi davra yakunida esa klubni tark etdi. Eshitishimizcha, Alibobo futbol bilan xayrlashgan ko'rinadi.
"U hozir AQSHga ketgan, - deydi saytimizga yaqin manbalardan biri. - Agar jamoa topsa futbol o'ynashni davom ettiradi. Yoki bo'lmasa boshqa ish qiladi".
Eslatib o'tamiz, Alibobo Rahmatullaev faoliyati davomida "Bunyodkor"dan tashqari "Paxtakor", "Buxoro", "Navbahor", "Qo'qon-1912", "Olmaliq" klublarida ham o'ynagan.



