Eshitdik-da! "Bunyodkor" xorvatiyalik futbolchini o'z safiga qo'shib oldi

Оқил Абдубарноев
18 jul 2024
Avvalroq "qaldirg'ochlar" tarkibiga albaniyalik hujumchi kelib qo'shilgani haqida xabar berilgandi.

Championat.asia sayti malumotlariga ko'ra, Toshkentning "Bunyodkor" klubiga xorvatiyalik hujumchi Andriya Filipovich kelib qo'shiladi. 27 yoshli futbolchi bugun Toshkentga uchib keladi.

Filipovich faoliyati davomida "Siena", "Gorica", "Atirau", "Aktobe" va boshqa klublarda o'ynagan. Shuningdek, u yoshlar terma jamoasida 3 ta o'yin o'tkazgan.

Avvalroq poytaxtliklar safiga albaniyalik o'yinchi kelib qo'shilgani haqida xabar berilgandi.


Оқил АбдубарноевMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Haqiqatparvar
18 jul 2024
Сичкон сигмас инига галвир боглаб думига буляптику
Dilmurod Umarov
18 jul 2024
Og'zi kuygan qatiqni ham puflab ichadi degan maqol noto'g'ri ekan
Joma.uz
18 jul 2024
6 ой ўйнаб кетадиган легионерлар , қозоқ клубида нешта ўйин ўйнаган нешта гол урган маьлумот йўқ , махаллий футболчилардан кучли бўлмаса нима кераги бор легионерни .
Supper Liga
18 jul 2024
Shuncha qarzi bor bu klubga legioner olib kelish qanchalik to'g'ri ? Akademiyangni o'ynat undan ko'ra
Davronbek Abduvaliev
19 jul 2024
Бунёдкорни ўз ўрнига қайтишини хохлаймиз.