Eshitdik-da! CAFA 6 mamlakat klublari o'rtasidagi musobaqaga asos solishga yaqin turibdi

Narzulla Saydullayev
6 nov 2024
2020 yilda PFL Qirg'iziston va Tojikiston klublarini O'zbekiston liga kubogi musobaqasiga taklif etib ulgurgandi.

Biroq keyinchalik pandemiya sabab musobaqani o'tkazish bilan bog'liq muammolar kelib chiqdi. Endilikda CAFA 6 mamlakat Ligalarini birlashtirib, klublar o'rtasida musobaqa o'tkazishni rejalashtirgan. Bunga qadar tashkilot faqatgina turli yosh terma jamoalari ishtirokida turnirlar tashkil etardi.

PFL mazkur musobaqada o'z jamoasi bilan ishtirok etishga rozilik bildirgan. Bizgacha etib kelgan malumotga ko'ra, Musobaqada O'zbekiston va Erondan 1 tadan, Qirg'iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Afg'onistondan 2 tadan jamoa ishtirok etadi. PFL rejasiga ko'ra, CAFA turnirida O'zbekiston sharafini mamlakat vice-chempioni himoya qiladi. Chunki mamlakat chempioni va kubogi sohiblari sifatida "Nasaf" hamda "Andijon" OFK bayrog'i ostidagi musobaqalarda ishtirok etadi. Vice-chempion esa shu tariqa xalqaro maydonda o'z omadini sinab ko'radigan uchinchi jamoaga aylanadi.

Musobaqa katta ehtimol 2025 yilning aprel-may oylarida bo'lib o'tadi.


Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Abror_Tursunov
6 nov 2024
O'zi superligada taqvim chatoqku. Kamiga 16 ta kamandaga aylanadi. Cafaga vaqti bormikan klublarni
Odilbek Abdushukurov
6 nov 2024
Ortiqcha o‘yinlarni nima keragi bor. Futbol o‘ynayevrib odam zerikadi, ko‘ngliga tegadi. Ular ham dam olishi kerak.
Sodiq Nazarov
6 nov 2024
ОЧЛ да қатнаша олмаётган клублар учун фойдали турнир бўлади
Mahmud Ttww
6 nov 2024
Эрон CAFAга кирмайдику, нега уни қўшади, форс кўрфази мусобақаларида иштирок этиб юраверсин.