Eshitdik-da! Ertaga "Paxtakor"ning yangi bosh murabbiyi elon qilinadi. U portugaliyalik

Narzulla Saydullayev
3 dec 2024
Ertaga "Paxtakor" klubi rahbariyati OAV vakillari uchun matbuot anjumani o'tkazishidan xabaringiz bor.

Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, "Paxtakor" ushbu matbuot anjumanida yangi bosh murabbiy nomini elon qilmoqchi. 1975 yilda tug'ilgan portugaliyalik Pedro Moreyra "sherlar"ning yangi ustoziga aylanishi kutilmoqda. Ayni paytda murabbiy o'z yuristlari bilan birga Toshkentda bo'lib turibdi.

Pedro Moreyra 2009-2012 yillarda "Sporting" yoshlar jamoasi bosh murabbiyi bo'lgan.

Keyinchalik "Pasush Ferreyra", "Portu", "Braga", "Shaxtyor" (Ukraina), "Roma" (Italiya) kabi klublarda Paulo Fonsekaning shtabida yordamchi murabbiy bo'lib faoliyat olib borgan. "Torrense" va "Kaza Piya" (ikkalasi Portugaliya) klublarida esa bosh murabbiy bo'lib ishlagan.



Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Botir Saidov
3 dec 2024
Mablaĝ bòlmasa Gvardiola xam xeç nima qilomidi
Dostonbek Anvаrоv
3 dec 2024
Пеналдуни юртидан бекор олибди чунки менга пеналду ёкмайди
Уз.
3 dec 2024
Шатских уринбосарларга мураббий килиш керак бир бурни ишкалсин куради энасини Украина нотинч кетолмайди
Hamit altintop
3 dec 2024
Portugaliya pro Liga murabbiyi manimcha uzoqqa bormidi qigan natijalariyam ko'zga tashlanmidi Oxiri Shatskihni kuni boshiga tushmasa boldi
Jons
3 dec 2024
Kapadze yaxshiydida, bula pulni oladi ketadi.