

"Championat.asia" sayti ma'lumotiga ko'ra, O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasi germaniyalik mashhur mutaxassis Yoaxim Lyov bilan muzokaralar olib bormoqda. Lyov terma jamoamizni boshqarishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, 65 yoshli mutaxassis 2014 yil Germaniya terma jamoasini Jahon chempioni qilgan va o'sha yili FIFA tomonidan dunyoning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan. Lyov 2021 yilning mart oyida Germaniya terma jamoasi boshqaruvidan ketgan va o'shandan beri hech qayerda ishlamagan.

Ma'lumot uchun, O'zbekiston milliy terma jamoasining ayni paytdagi bosh murabbiyi Timur Kapadze hisoblanadi. Srechko Katanets ketganidan keyin T.Kapadze bilan tuzilgan shartnoma hali uzaytirilmagan.



