Championat.asia sayti bosh muharriri Narzulla Saydullaevga ko'ra, 27 yoshli futbolchi Muborak jamoasi safiga erkin agent sifatida qo'shiladi.
Mudasiru Salifu faoliyati mobaynida Gana, Moldova va Saudiya Arabistoni mamlakatlarida to'p tepgan. 2021/22 yilgi mavsum "Asante Kotoko" jamoasi bilan Gana Premer-ligasida, 2022/23 yilgi mavsum "Sherif" bilan Moldova Superligasida zafar quchgan.
Salifu 2023/24 yilgi mavsum Saudiya Arabistonining "Al Bukiriya" jamoasi safida 31 o'yinda maydonga tushib, 7 marta ogohlantirilgan. Transfermarkt portali uni 300 ming evroga baholagan.
Avvalroq "Mashal" nigeriyalik yarim himoyachisi bilan xayrlashgan edi.
Izohlar