

"Namangan klubi 26 yoshli Flamarion bilan muzokara o'tkazyapti. U 10 yanvar kuni "lochinlar"ning Antalyadagi mashg'ulotlariga qo'shilishi kutilmoqda. O'tgan mavsumni "Dinamo" (Batumi)da o'tkazgan hujumkor futbolchi 19ta gol bilan Gruziya chempionati to'purariga aylangan edi", - deyiladi "FR| futbol ANALIZI" kanalida.

Ma'lumot uchun, u 2020-21 yilgi mavsumni RPLda "Rotor" jamoasi safida o'tkazgan. Hozir "Paxtakor"ni boshqarayotgan Maksim Shackix o'sha paytda rus klubi murabbiylar shtabida faoliyat yuritar edi.



