Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, klub Vitaliy Levchenkoning 6 yillik yordamchisi, darvozabonlar murabbiyi Farruh Berdiev hamda O'zbekiston milliy terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Lutfulla To'raev bilan xayrlashmoqchi.
Tojikistonlik sobiq darvozabon Farruh Berdiev Levchenko bilan anchadan buyon birga ishlab kelmoqda. To'raev esa o'tgan mavsum futbolchilik faoliyatini yakunlab Levchenko shtabiga kirgandi.
Berdievning klub bilan yana bir yillik shartnomasi mavjud. Voqealar rivojini kuzatamiz.
Izohlar