Neftchida ukrainalik murabbiy ish boshladi

Khoja
16 apr 2025
Neftchi ukrainalik murabbiy Andrey Annenkov bilan shartnoma imzoladi.

O'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan jamoamizda ukrainalik tajribali murabbiy Andrey Annenkov yordamchi sifatida Vitaliy Levchenko bilan hamkorlikda faoliyat olib boradi.

Andrey Annenkov mehnat faoliyatini 1986 yil Avangard Kursk klubida boshlagan. Keyingi ikki yilni ukrainalik mutaxassis Iskra (Smolensk) jamoasida o'tkazdi.

1990 yilda u Dinamo Kiev taklifini qabul qildi va ikki yil Kievda ishladi. Shuningdek, Andrey Annenkov Ukraina terma jamoasida ham faoliyat yuritgan murabbiylardan hisoblanadi.

Andrey Mixayilovich Annenkov 2007 yildan Kievning Arsenal klubi yoshlar jamoasida faoliyatini boshladi. Turli toifadagi jamoalarda yaxshi natijalarga erishgan murabbiy 2014/15 yilgi mavsumda Arsenal jamoasi bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanadi.

2019 yilda Ukraina U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Petrakov shtabida ishlab, yoshlar o'rtasidagi jahon chempionati g'olibiga aylandi. Mazkur turnirda yuksak natijani qo'lga kiritganligi munosabati bilan mutaxassis Ukraina jismoniy tarbiya va sport ishchisi unvoni bilan taqdirlanadi.

2021/22 yil mavsumida u Odessaning Chernomorec klubi murabbiylar shtabiga qo'shiladi.

2021 yil avgust oyida Ukraina terma jamoasi bosh murabbiyi Aleksandr Petrakovga yordamchi murabbiy bo'lib ishga kirishadi.

Andrey Mixaylovich Annenkovning so'nggi ish joyi esa Armaniston milliy terma jamoasi bo'ldi. Murabbiy u erda ham Aleksandr Petrakov bilan hamkorlikda yordamchi murabbiy bo'lib faoliyat olib bordi- deyilgan Neftchi matbuot xizmati tomonidan taqdim etilgan xabarda.


KhojaMaqola muallifi
Qopqoq: https://t.me/pfcneftchi_uz

Izohlar

Terror belli Decus pacis
16 apr
Хаётдаги шиори - футбол мураббийларига ёрдам беришдан хеч качон тухтама!
Hakimjon Aliyev
16 apr
Urushdan qochib kelgan
Hakimjon Aliyev
16 apr
Urushdan qochib kelgan
Hakimjon Aliyev
16 apr
Urushdan qochib kelgan
Hakimjon Aliyev
16 apr
Urushdan qochib kelgan