Eshitdik-da! "Neftchi" xorijlik futbolchilar va murabbiy oldidagi qarzlarini yopdi. Tez orada FIFA taqiqi olinadi

Narzulla Saydullayev
14 feb 2025
Xabaringiz bor, Farg'onaning "Neftchi" klubiga FIFA tomonidan transfer taqiqi qo'yilgan edi.

"Neftchi" FIFA talabini bajarib, Manuchehr Safarov hamda Bachani Arabuli muammosini to'liq hal qildi.

Shuningdek, murabbiy Vladimir Ejurov va futbolchi Zoir Jo'raboevdan qolib kelayotgan qarzdorlik ham to'liq bartaraf etilgan. Endilikda mazkur ikki shaxs FIFA bilan aloqaga chiqib, "Neftchi"ga nisbatan ortiq davo mavjud emasligini tasdiqlashi kerak.

Ayni vaqtda O'FA mahalliy futbolchi va mutaxassislar bilan hisob-kitob qilingani masalasini tekshirmoqda. 

"Neftchi"ga FIFA tomonidan transfer taqiqi qo'yildi!        


Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

БЕК@
14 feb
Маҳаллий футболчилар билан қарздорлик ҳам текширилиши керак. Нафақат Нефтчи, барча жамоаларни ўрганиш керак. Фақат хорижлик футболчиларнинг шохи борми
Абдугаффор . N
14 feb
Нефтчи чемпион булиб Очл да хам муносиб иштирок этишини тилаб коламиз! Омад Нефтчига!
mirabzal
14 feb
Барбир яна карздор булади тез орада чунки камандани почти хамма уйинчиларини ойлиги котта барбир чемпон буломаса кере
Saidjahon
14 feb
Бугун сунгги кунмиди 14 февралгача муддат берилганмиди