Eshitdik-da! "Paxtakor"ga niderlandiyalik himoyachi kelmoqda

Narzulla Saydullayev
26 jul 2023
O'zbekiston chempioni "Paxtakor" klubi o'z tarkibini kuchaytirishda davom etmoqda.

Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, tez orada "sherlar" tarkibiga niderlandiyalik markaziy himoyachi Mettyu Stinvorden kelib qo'shiladi. 1993 yilda tug'ilgan futbolchi faoliyati davomida "Feyenoord", "Ekselsior", "Dordtext", "Kambuur" kabi Niderlandiya klublarida o'ynagan. U 2019 yildan buyon Xorvatiyaning "Gorica" jamoasida o'ynab kelayotgadi.

Transfermarkt malumotiga ko'ra, Stinvorden butun faoliyati davomida 305ta o'yinda maydonga tushgan va raqiblar darvozasiga 19ta gol urgan.

Ayni paytda Transfermarkt portali futbolchini 500 ming evroga baholamoqda.



Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

MezzA
26 jul 2023
Kesine shunaqa liganerla serb Rus hahuladan odam bezor boldi
Milan vs Chelse
26 jul 2023
Анув Банашакни урнига битта зур хужумчи олса яхши буларди.
Abror_Tursunov
26 jul 2023
Hujumchi opkelmaysanmi
Bakhtiyor
26 jul 2023
Шацких, покупай 20 летних..........пускай саудовцы покупают игроков кому за 30
Бахтийор Ашуров
26 jul 2023
Келсинчи кўрамиз. Лекин яхши химоячига ўҳшайди. Омадини берсин!