Kecha aynan "Eshitdik-da" rukni orqali Termizning "Surxon" klubiga niderlandiyalik Imron Ulad Omar kelayotgani haqida xabar bergan edik.
Eshitdik-da! "Surxon"ga niderlandiyalik futbolchi kelyapti
Bugun termizliklar Superligamizdagi eng tajribali himoyachi Anzur Ismoilov bilan ham kelishuvga erishgan. Ikkala tomon o'zaro kelishuvga erishib bo'ldi.
37 yoshli markaziy himoyachi 2023 yilgi mavsumni "Surxon" tarkibida o'tkazadi. Ismoilov o'tgan mavsum AGMK tarkibida Superligada 22ta o'yinda maydonga tushdi va 2ta gol urdi.
"Surxon" bu bilan to'xtamoqchi emas. Klub Hamidjon Aktamov boshchiligida yana bir qator shov-shuvli "yurishlar"ni amalga oshirmoqchi. Qolganini vaqt ko'rsatadi.
Izohlar