Eshitdik-da! Toshkentda bo'lib turgan Filippin klubi azolari koronavirus bilan kasallanishgan

Narzulla Saydullayev
10 jul 2021
Ayni paytda Toshkentda Osiyo chempionlar ligasining ikkita guruh bahslari bo'lib o'tmoqda.

Ertaga va indinga so'nggi 6-tur bahslari o'tkaziladi. O'tgan turda Filippinning "Yunayted Siti" klubi Xitoyning "Beyjing Goan" klubiga qarshi o'yinda 3:2 hisobida g'alaba qozondi. Etiborlisi ushbu bahsda "Yunayted Siti" zaxirasida oldingi turlarda bo'lgani kabi 10 emas 5 nafar futbolchi bor edi.


"Yunayted Siti" - "Kavasaki Frontale" uchrashuvi qaydnomasi:

 

"Beyjing Goan" - "Yunayted Siti" uchrashuvi qaydnomasi:


Bugungi o'yinoldi matbuot anjumaniga "Yunayted Siti" klubi bosh murabbiyi ham, futbolchisi ham tashrif buyurmadi. OFK Filippin klubiga reglamentda belgilanganidek jarima soladi.

Championat.asia sayti malumotiga ko'ra, "Yunayted Siti" klubi azolari koronavirus bilan kasallanishgan. Bu haqda OFK ham, boshqa tashkilotlar ham xabar berishmagan. Eslatib o'tamiz, "Yunayted Siti" ertaga Janubiy Koreyaning "Tegu" klubiga qarshi o'yinni o'tkazishi lozim. Biroq mazkur bahs o'tadimi yoki yo'q hozircha nomalum.




Narzulla SaydullayevMaqola muallifi
Muqova: championat.asia

Izohlar

Fortunaa
10 jul 2021
Пулини бераман деса қўпол бўсаям уша ахлатиням ейди бизни катталар.
Ҳамиджон Икромов
10 jul 2021
Ҳеч ким юртига киргизмаябди, нимага киргиздийлар, ўзимиздан чиқаётгани камлик қилмоқдами...? Сизларни тушиниш қийин...
Ism Familiya
10 jul 2021
Nimalar deyapsizlar? Shundog'am 1 sutkada 500 000 odam chegarani kesib o'tyapti-ku. Bular necha kishi?
Бахтийор Ашуров
10 jul 2021
Буларни ҳаммасини қайтариб юбориш керак.Ўзи ҳамма балони чет элликлар юқтиришиябди!
Lucky777
10 jul 2021
Асбоб бормиди улани Давлатга киргазиб,