Eshitdikda! Vitaliy Levchenko Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyligiga nomzod

Aslanov Jasurbek
19 iyun 2023
Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiy Petar Segrt iste'foga chiqarilishi mumkinligi haqida xabar bergan edik.

Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyligiga bir qator nomzodlar ko'rib chiqilmoqda. Ular orasida Vitaliy Levchenko ham bor.  Fikrimizcha, taklif bo'lgan taqdirda ham mutaxassis "Neftchi"dagi faoliyatini oxirigacha etkazib qo'yadi. Chunki murabbiy "Istiqlol" jamoasida faoliyat olib borganda ham takliflar ko'p bo'lgan, lekin shartnoma tugagandan keyingina boshqa jamoaga ketgan. 

"Neftchi"dagi moliyaviy holat yomonligi ham mutaxassisning kyetishiga turtki bo'lishi mumkin.

Ma'lumot uchun, Vitaliy Levchenkoning "Neftchi" bilan shartnomasi 2023 yilgi mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan. Uning boshchiligida farg'onaliklar ayni paytda Superligada uchinchi o'rinda bormoqda. 


Yana bir nomzod - "Istiqlol" ustozi Igor Cherevchenko. Tojikiston futbol federatsiyasi yakunda qanday qaror qabul qiladi, buni vaqt ko'rsatadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia