MYUning ten Xag davrida amalga oshirgan transferlari reytingi tuzildi – Antoni oxirgi o'rinda, Onana esa...

I.J.I
24 apr 2024
Ingliz klubining oxirgi yillardagi transferlari ESPN tomonidan tahlil qilindi.

ESPN nashri "Manchester Yunayted" klubining Erik ten Xag davrida sotib olingan o'yinchilaridan iborat reytingni taqdim etdi. Ushbu ro'yxatga ko'ra, 95 mln evroga sotib olingan Antoni – ten Xag davridagi eng yomon transfer. Andre Onana esa ushbu ro'yxatda eng omadli transfer sifatida qayd etilgan.

1. Andre Onana (50,2 mln evro, Inter);

2. Tayrell Malasia (15 mln evro, Feyenoord);

3. Rasmus Xeylund (73,9 mln evro, Atalanta);

4. Lisandro Martines (57,37 mln evro, Ayaks);

5. Oltoy Bayindir (5 mln evro, Galatasaroy);

6. Kristian Eriksen (erkin agent);

7. Marsel Zabitcer (ijara, Bavariya);

8. Jek Batlend (ijara, Kristal Pelas);

9. Jonni Evans (erkin agent);

10. Martin Dubravka (ijara, Nyukasl 2,3 mln evro);

11. Serxio Regilon (ijara, Tottenxem);

12. Meyson Maunt (64,2 mln evro, Chelsi);

13. Vaut Vegorst (ijara, Byornli 2,96 mln evro);

14. Sofyan Amrabat (ijara, Fiorentina 9 mln evro);

15. Kazemiro (70,65 mln evro, Real);

16. Antoni (95 mln evro, Ayaks). 


I.J.IMaqola muallifi
Muqova: ESPN

Izohlar

Man_Utd Norin
25 apr 2024
Ten Hag ga 2 yil uchun transferlarga 443 mln evro beribdi klub natija esa 0 . Nima qilish kerak odamni boshi qotadi
Sherali Jo'rayev
25 apr 2024
Каземиро унчалик ёмон трансфер эмаску, охиридан биринчи ўринда турибди
Jamol Muhammadov
25 apr 2024
Admin Ismlarga sal etiborliroq boling iltimos Oltoy degan ism yoq turklarda Altay ni Altay deb togri yozing qande bolsa shnudeyligicha
Valverde Fede
24 apr 2024
Casemiro kerakli gollarni urgan Onana nimasi zo'r undan Lunin ancha kuchli
Beckham
24 apr 2024
Onanaga oltin toʻp berish kerak