"Everton" va "Beshiktosh" Alli borasida kelishuvga erishdi

Оқил Абдубарноев
17 avg 2022
"Everton" yarim himoyachisi Dele Alli Turkiya chempionatiga yo'l olishi mumkin.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabar berishicha, "irislar" va "Beshiktosh" angliyalik futbolchining transferi borasida kelishib olgan.

Transfer borasida qaror qabul qilish 26 yoshli futbolchining o'ziga qoldi. Turk klubi muzokaralarni tezroq tugatishni talab qilmoqda.

Eslatib o'tamiz, Alli fevral oyida "Tottenxem"dan "Everton"ga o'tgandi. Liverpul shahrida joylashgan klub safiida u Premer-liganing 13 o'yinida samarali harakat qilgani yo'q.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano