"Everton" yarim himoyachisi bilan shartnomani uzaytirdi

Omonjon To`xtamirzayev
24 may 2023
Yarim himoyachi Abdulaye Dukure "Everton" bilan shartnomasini uzaytirdi.

Liverpul klubi shartnomadagi maxsus banddan foydalangan. Endilikda tomonlar hamkorligi 2024 yilgacha amal qiladi.

APL ushbu mavsumining 24 o'yinida Dukure 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatma etkazib berdi.

Eslatib o'tamiz, futbolchi 2020 yil avgust oyida "Everton" safiga "Uotford"dan ko'chib o'tgan.



Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Goal