Evro-2020 saralash bosqichi. Angliya qatorasiga 13-g'alabani nishonlab, Ispaniyaga yetib oldi

Evro-2020 saralash bahslari doirasida Angliya terma jamoasi bolgariyalik futbolchilardan ustun keldi -4:0.

Britaniyalik futbolchilari Yevropa chempionatlari saralash bahslari doirasida qatorasiga 13-g'alabani tantana qilib bu borada ispanlarga tenglashib olishdi. (Ispaniya – 2007-2014, Angliya 2014-2019).

Bu borada mutlaq rekord Chexiya terma jamoasiga tegishli. Chexlar 1995-2002 yillar oralig'ida saralash bahslarda qatorasiga 15 ta uchrashuvda g'olib chiqib, bu borada rekordchi hisoblanishadi.


Manba: Gracenote