Evro-2020'da faoliyat olib boradigan hakamlar ro'yxati elon qilindi

Eldor Akmurzayev
21 apr 2021
UEFA rasmiy sayti yozda bo'lib o'tadigan Evropa chempionati ishlaydigan referilar nomlarini malum qildi

Ro'yxatdan quyidagi hakamlar joy oldi: Sergey Karasev (Rossiya), Feliks Brix, Daniel Shibert (ikkisi - Germaniya), Junayt Chaqir (Turkiya), Karlos Del Serro Grande, Antoniu Mateu Laos (ikkisi - Ispaniya), Andreas Ekberg (Shveciya), Orel Grinfeld (Isroil), Ovidiu Xacegan, Ishtvan Kovach (ikkisi - Ruminiya), Born Kaypers, Denni Makkelli (ikkisu - Niderlandiya), Maykl Oliver, Entoni Teylor (ikkisi - Angliya), Daniele Orsato (Italiya), Artur Soaresh Diash (Portugaliya), Kleman Tyurpen (Franciya) va Slavko Vinchich (Sloveniya).

Eslatib o'tamiz, Evro-2020 o'tgan yili bo'lib o'tishi kerak edi. Biroq, pandemiya tufayli u 2021 yilga qoldirildi va UEFA musobaqa nomini o'zgartirmaslikka qaror qildi. Bo'lajak qita birinchiligi 11 iyundan 11 iyulga qadar bo'lib o'tadi.


Eldor AkmurzayevMaqola muallifi
Muqova: UEFA

Izohlar

Nazir Dusmatov
21 apr 2021
2021- yildagi Evro 2020
Adolat Sari
21 apr 2021
Eslatib ótamizga qóshimcha qilinglar nimaga Yevro 2020 ,diyiladi hozir 2021 yil bólsa degan savol paydo bólishi mumkin ku ( man ózim bilaman)
Рахматилло Исманов
21 apr 2021
Буларни ичида энг юкори савиялик хакам Даниоло Орсато!
Anti_uzbek_football
21 apr 2021
Саудиялик судялар қани?
ishqivoz
21 apr 2021
Superliga yuq bulib yana etibor qaytdi bu turnirga