Evro-2024. Dastlabki turning 4 ta o'yiniga hakamlar tayinlandi

Sherzod Nurmatov
14 jun 2024
14-15 iyun kunlari bo'lib o'tadigan Evro-2024 o'yinlarini boshqaradigan hakamlar nomi malum bo'ldi.

UEFA Germaniya hamda Shotlandiya o'rtasidagi ochilish o'yinini franciyalik Kleman Tyurpen va uning brigadasiga ishonib topshirdi. Yordamchi hakamlar – Nikolya Dano va Benjamen Paj, to'rtinchi hakam – Fransua Letekse, VAR – Jerom Brizar, AVAR – Villi Delajod, Massimiliano Irrati.

Shuningdek, 15 iyun, juma kuni bo'lib o'tishi rejalashtirilgan Evro-2024 guruh bosqichining uchta o'yiniga hakamlar tayinlandi.

Vengriya – Shveycariya uchrashuvini Sloveniyadan kelgan hakamlar boshqarib boradi. Bosh hakam – Slavko Vinchich, yordamchilar – Tomaj Klanchnik va Andraj Kovachich, to'rtinchi hakam – Rade Obrenovich, VAR - Neyc Kaytazovich.

Ispaniya – Xorvatiya uchrashuvida angliyalik hakamlar ishlaydi. Hakam – Maykl Oliver, yordamchilar – Styuart Bert va Den Kuk, to'rtinchi hakam – Entoni Teylor, VAR – Styuart Ettuell.

Italiya – Albaniya uchrashuvini germaniyalik hakamlar boshqarib boradi. Bosh hakam – Feliks Cvayer, yordamchilar – Shtefan Lupp va Marko Axmyuller, to'rtinchi hakam – Daniel Zibert, VAR – Bastian Dankert.

Evro-2024 hakamlari: to'liq ro'yxat, statistika va tarix


Sherzod NurmatovMaqola muallifi
Qopqoq: uefa.com

Izohlar