Yevropa ligasi. "Keshla" Malta klubiga yutqazdi, Nasimov maydonga tushmadi

Narzulla Saydullayev
13 iyul 2018
O'zbekistonlik hujumchi Bahodir Nasimov Ozarbayjonning "Keshla" klubi bilan shartnoma tuzgani haqida xabar bergandik.

Kecha Ozarbayjon kubogi sohibi bo'lgan mazkur klub Yevropa ligasi 1-saralash bosqichi dastlabki uchrashuvi doirasida Maltada "Balzan" mehmoni bo'ldi.

O'yinda Malta vice-chempioni 4:1 hisobida zafar quchdi. Bahodir Nasimov "Keshla" safida maydonga tushgani yo'q.

Javob o'yini 19 iyul kuni Ozarbayjonda bo'lib o'tadi.

"Balzan" (Malta) - "Keshla" (Ozarbayjon) 4:1
Gollar:
Effiong 12, Lesao 21, Kalevich 34, Kadu 55 - Kolli 29 penalti


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia